GRADA

Kichik qadamlar.Katta o'zgarish.

Vazifalar, odatlar, taqvim va moliya.
Kerakli barcha narsa bitta ilovada.

ODDIY. PUXTA. O‘ZINGIZGA MOS.

Butun kun.
Bitta ekranda.

Birinchi vazifadan foydali odatgacha.
Kuningizning har bir qismi uchun alohida joy.

01 / BUGUN

Kuningiz.
Ortiqcha chalg‘ishlarsiz.

Tadbirlar, vazifalar va odatlar bir ekranda. GRADA’ni oching, muhim ishlarni ko‘ring va keyingi qadamni tanlang.

Bugun muhim bo‘lgan ishdan boshlang.
Namunaviy ma’lumotlar

AI yordamchi

Yulduzchani bosing va gapiring. GRADA so‘rovingizni qayerga yozishni tushunadi va natijani ko‘rsatadi. O‘zgarishni bekor qilish mumkin.

Oddiy nutqni tushunadi

Vazifalar, tadbirlar, xarajatlar, odatlar va eslatmalarni ajratadi. O‘zbek, rus va ingliz tillarini tushunadi, kerak bo‘lsa tafsilotlarni so‘raydi.

Keraklisini topadi

«Ertaga nima rejam bor?» — rejalaringizni ko‘rsatadi. «Ta’til haqidagi eslatmani och» — eslatmani darhol ochadi.

Tartibga keltiradi

So‘rovingizga ko‘ra vazifalarni ko‘chiradi, yozuvlarni tahrirlaydi va sozlamalarni o‘zgartiradi. Yozuvlarni faqat aniq buyruq bilan o‘chiradi.

Qoidalaringizni eslab qoladi

«Eslab qol: Uzum — xaridlar». Qoidalarni yordamchi sozlamalarida ko‘rish va o‘chirish mumkin.

Yordamchi qulflangan eslatmalarni o‘qimaydi. Internetsiz diktovka iPhone’ning o‘zida qayta ishlanadi.

KICHIK HARAKATLAR. HAQIQIY NATIJA.

Rejalarga joy.
Hayotga vaqt.

VAZIFALAR

Muhim ishlar — diqqat markazida.
Bajarilganlar — ortda.

Bitta bajarilgan vazifa —
oldinga yana bir qadam.

Kichik rejangiz 3 tadan 0 ta
Bitta bandni belgilab ko‘ring.
ODATLAR

Oz-ozdan.
Lekin har kuni.

Mutolaa, sport, uyqu va o‘zingiz uchun vaqt.
O‘zingizga mos sur’atni toping.

MOLIYA

Rejalarda aniqlik.
Xarajatlarda ham.

Daromadlar, xarajatlar va toifalar.
Moliyangiz tushunarli ko‘rinishda.

Oylik hisobotNamunaviy ma’lumotlar
Oziq-ovqat35%
Uy25%
Kafe15%
Boshqa25%
GRADA

Katta ishlar
kichikdan boshlanadi.

10 sahifa. 15 daqiqa. Bitta muhim ish.

Katta natijalar kichik harakatlardan yig‘iladi.
Ularni har kuni takrorlaysiz. GRADA — asta-sekin
o‘sish, intizom va yutuqlaringizni kuzatish haqida.

GRADAGrowth through Repeated Actions,
Discipline & Achievement.

Bir nechta savol.
Oddiy javoblar.

GRADA nimani anglatadi?+

GRADA — asta-sekin o‘sish, intizom va kundalik yutuqlar falsafasi.

Nom lotincha Gradus — «qadam», «pog‘ona» va inglizcha Gradual — «asta-sekin», «izchil» so‘zlaridan ilhomlangan.

GRADA asosida oddiy g‘oya bor: katta natijalar kichik harakatlardan boshlanadi.

GRADA — kichik qadamlar. Katta o'zgarish.

Nimadan boshlash kerak?+

Bitta oson ishdan boshlang: 10 sahifa o‘qing, 15 daqiqa harakat qiling yoki kichik ishni yakunlang. Sahifadagi interaktiv ro‘yxatda bitta bandni belgilab ko‘ring.

Bir kunni o‘tkazib yuborsam-chi?+

Bir kunlik tanaffus avvalgi yutuqlaringizni yo‘qqa chiqarmaydi. Yana bitta oson harakatdan boshlang. Davom etish mukammallikdan muhimroq.

Ilovani qayerdan yuklab olish mumkin?+

Ilovamizni App Store’dan yoki shu saytdagi «App Store’dan yuklab olish» tugmasi orqali yuklab olishingiz mumkin.

KICHIK QADAMLAR. KATTA O'ZGARISH.

Keyingi qadam.
Endi sizniki.

Hammasini birdan o‘zgartirish shart emas.
Bitta kichik harakatdan boshlang.